Bugun
12
O'zbek

«Santos» Rodrigoni ijaraga olmoqchi

Futbol
18 noyabr, 06:20
Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.
«Santos» Rodrigoni ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN Brasil jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini «Santos» o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Braziliya klubi Rodrigoni ijaraga olish masalasida «Real» bilan muzokaralarni boshlagan.

Biroq ushbu transfer amalga oshish ehtimoli juda past baholanmoqda. Sababi, Madrid klubi ham, futbolchining o‘zi ham o‘zaro hamkorlikni yakunlashdan manfaatdor emas.

Ma’lumot uchun, Rodrigoning madridliklar bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroga baholangan.

Hozirda u jarohatini davolash bilan band va bu mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.

Avvalroq Madrid klubi Arda Gyuler bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Santos FC Santos FC
Bugungi yangiliklar