Oʻzbekiston milliy jamoasi Qatarda Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Unda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi «oq boʻrilar» 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Sherzod Esanov 1-boʻlimda dublni rasmiylashtirdi. Saudiyaliklar safida yagona gol Firas Al Buraykan hisobiga yozildi.
50-daqiqada Ali Lajami Abbos Fayzullayevga nisbatan qoʻpol harakati uchun maydondan chetlatildi. Biroq iqtidorli futbolchimiz jarohati sabab zaxiraga olindi.
Oʻrtoqlik oʻyini
Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 1:2
Gollar: Firas Al Buraykan 23 – Sherzod Esanov 19, 35
Saudiya Arabistoni: 1. Homid Yusuf (22. Abdulquddus Atiya, 46), 12. Saud Abdulhamid (13. Navaf Bushal, 46), 4. Abdulloh Al-Amri (3. Ali Lajami, 46), 5. Hassan Al-Tambakti, 24. Mutayib Al-Harbi (31. Faris Abdi, 46), 15. Abdulloh Al-Xaybari (10. Muxtor Ali, 46), 6. Nosir Al-Dovsari (29. Muhammad Al-Kuvaykibi, 71), 7. Mus'ab Al-Juvayr (17. Abdulloh Xatib, 58), 8. Marvan Al-Sahafi (16. Ziyad Al-Johani, 64), 27. Ahmad Al-Gʻamdi (23. Muhammad Kanno, 58), 9. Firas Al-Buraykan (19. Abdulloh Al-Hamdan, 46).
Oʻzbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 4.Behruz Karimov, 5.Rustam Ashurmatov, 6.Akmal Mozgovoy, 7.Umarali Rahmonaliyev (11.Aziz Xolmurodov, 73), 9.Odil Hamrobekov, 21.Husayn Norchayev (17.Doston Hamdamov, 73), 22.Abbos Fayzullayev (20.Aziz Amonov, 54), 23.Sherzod Esanov, 25.Mahmud Mahamadjonov, 26.Jahongir Oʻrozov.
Ogohlantirishlar: Abdulloh Al-Amri (34), Rustam Ashurmatov (78)
Chetlatish: Ali Lajami (50)
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi