«Monako» hujumchisi Folarin Balogun uchun «Milan» va «Yuventus» jamoalari da’vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, amerikalik 25 yoshli hujumchi yanvar oyidagi transfer bozori uchun ikki klubga ham taklif qilingan.
Balogunning «Monako»dagi o‘yin amaliyoti va kelajagi borasidagi noaniqlik uning boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi ehtimolini oshirmoqda.
Biroq «Milan» va «Yuventus» tomonidan rasmiy taklif berilgani tasdiqlanmagan.
Manbaga ko‘ra, «Monako» 25 yoshli hujumchini taxminan 60 million yevroga sotishga tayyor. Unga «Everton» jamoasi ham qiziqmoqda. Futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.