Bugun
94
O'zbek

«Barselona» Baldeni Italiya klubiga qo‘yib yuborishga tayyor

Futbol
17 noyabr, 04:20
«Yuventus» ispaniyalik himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» Baldeni Italiya klubiga qo‘yib yuborishga tayyor
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasida «Yuventus»ga o‘tishi mumkin. Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, Turin klubi ispaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bunday kelishuvga rozi bo‘lishi mumkin. Biroq «Barselona» shartnomaga futbolchini sotib olish imkoniyati kamida 40 mln yevro etib belgilanishini talab qilmoqda.

23 yoshli Balde ushbu mavsumda barcha musobaqalarda «Barselona» safida 5 ta bahsda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar