Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda «Bayer» sharafini himoya qilayotgan Lukas Vaskes hujumchi Kilian Mbappe atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Mbappe nohaq tanqid qilinyaptimi? Menimcha, hozirgi davrda futbolchilar o‘zlari loyiq bo‘lganidan ancha ko‘proq tanqidga uchramoqda.
Agar sen Madridning «Real» klubida o‘ynasang, bunday tanqidlar yanada kuchayadi», — dedi Vaskes El Larguero nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish lozim, 27 yoshli fransiyalik hujumchi ushbu mavsumda yuqori samaradorlik namoyish etmoqda. U «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shunga qaramay, Mbappening o‘yini atrofidagi muhokamalar davom etmoqda. Vaskes esa Madrid klubida futbolchilarga nisbatan talab va bosim boshqa jamoalarga qaraganda yuqoriroq ekanini ta’kidladi.
Ayni paytda «Real» La Liganing 12 ta turidan keyin 30 ochko jamg‘arib, musobaqa turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq Mbappe La Ligada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.