Bugun
27
O'zbek

Shomurodov faoliyatini «Rostov»da yakunlash ehtimoli haqida gapirdi

Futbol
16 noyabr, 22:50
31 yoshli futbolchidan sobiq jamoasiga qaytish istagi bor-yo‘qligi so‘raldi.
Shomurodov faoliyatini «Rostov»da yakunlash ehtimoli haqida gapirdi
Foto: UFA

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov kelajakda Rossiyaning «Rostov» jamoasiga qaytib, futbolchilik faoliyatini shu yerda yakunlash ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

31 yoshli futbolchidan sobiq jamoasiga qaytish istagi bor-yo‘qligi so‘raldi.

«Hozircha bu haqda o‘ylab ko‘rmadim», — dedi Shomurodov. Jurnalistning bunday variant unga qiziq bo‘lishi mumkinligi haqidagi navbatdagi savoliga hujumchi kulimsirab: «Yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak», — deya javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi 2017–2020-yillar davomida «Rostov» sharafini himoya qilgan. U Rossiya klubidagi faoliyati orqali o‘zini xalqaro maydonda tanitib, keyinchalik Yevropa futbolidagi faoliyatini davom ettirgan.

Shomurodov hozircha «Rostov»ga qaytish yoki faoliyatini aynan shu klubda yakunlash borasida aniq rejasi yo‘qligini bildirdi. Shu bilan birga, u kelajakda bunday imkoniyatni ko‘rib chiqishni ham istisno etmadi.

Avvalroq Eldor Rossiyaga qarshi o‘yinda jismoniy tomondan yutqazilgani haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • FC Rostov FC Rostov
  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
Bugungi yangiliklar