Bugun
27
O'zbek

Xavi Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida: «Bu sharmandalik edi»

Futbol
16 noyabr, 22:25
Niderlandiya bosh murabbiyi Germaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng shogirdlarining o‘yinini keskin tanqid qildi..
Xavi Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida: «Bu sharmandalik edi»
Foto: Getty Images
16.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Germaniya Germaniya 5 : 0 Niderlandiya Niderlandiya

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi Millatlar Ligasi doirasidagi Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarining o‘yinini keskin tanqid qildi.

«Nima sodir bo‘lganini tushunish uchun futbolchilar bilan gaplashdim. Avvalo, muxlislardan uzr so‘rashimiz kerak. Biz na o‘yin, na xarakter ko‘rsata oldik. Buni tushunmayapman.

Gretsiyaga qarshi tarixiy o‘yin o‘tkazgandik. O‘shanda yuqori shiddat va ishtiyoq bilan harakat qilgandik. Bugun esa buning mutlaqo aksi bo‘ldi.

Balki jamoaga yaqinda kelganim va futbolchilarni hali to‘liq bilmaganim sababdir. Ehtimol, to‘g‘ri ruhiy tayyorgarlik yetishmagandir.

Bu juda alamli. Xafa bo‘ldim va qattiq ranjidim. Chunki bugungacha futbolchilarim bilan faxrlanardim. Lekin bugungi o‘yin meni shokka tushirdi. Shunga qaramay, hammasini qaytadan qurishni boshlaymiz.

Kiyinish xonasida ham hozirgidek ohangda gapirdim. Har bir vaziyatning sababini tushunishga harakat qilaman.

Bor vaziyat shu, ammo bunga ko‘nikish mumkin emas. Bugundan boshlab ko‘p narsani o‘zgartirishimiz kerak. Bu sharmandalik edi», — dedi Xavi NOS telekanali efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar