Live
2
O'zbek

«Oldinda hali uzoq yo‘l bor» — Xavi Niderlandiyaning 7:0 hisobidagi g‘alabasini izohladi

Futbol
13 noyabr, 22:00
    1
Murabbiy Gretsiyaga qarshi bahsdagi jamoaviy o‘yindan mamnunligini bildirdi.
«Oldinda hali uzoq yo‘l bor» — Xavi Niderlandiyaning 7:0 hisobidagi g‘alabasini izohladi
Foto: Getty Images
13.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Niderlandiya Niderlandiya 7 : 0 Gretsiya Gretsiya

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Millatlar ligasi 5-turi doirasida Gretsiya ustidan qozonilgan 7:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«O‘yindan juda mamnunman. Ajoyib harakat qildik: qanday hujum uyushtirishni bildik, bo‘sh hududlardan bir necha bor foydalandik va ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo‘lim ajoyib o‘tdi, shu bois futbolchilarni tabriklashim kerak. Ammo bu bor-yo‘g‘i bitta bahs. Shu yo‘nalishda davom etishimiz lozim. Oldinda hali uzoq yo‘l bor.

Futbolchilar mashg‘ulotlarda juda qattiq mehnat qilishmoqda. Men ular bilan faxrlanaman. Gretsiyaning juda yaxshi jamoasi bor, tarkibida iqtidorli futbolchilar, ayniqsa, hujumchilar yetarlicha. Ular kuchli klublarda o‘ynashadi. Shu sababli bugun biz yuqori saviyada harakat qildik. Yirik g‘alaba!» — deya Xavining so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya safida Xaver Sammervill, Teyani Reynders (3 ta) va Yurrien Timber (2 ta), shuningdek, Doniel Malen gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya 11 ochko bilan 2-guruhda peshqadamlik qilmoqda. Gretsiya esa 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Gretsiya Gretsiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar