«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zining avvalgi jamoalarida birga ishlagan besh nafar mutaxassisni murabbiylar shtabiga jalb qiladi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, argentinalik murabbiyning asosiy yordamchisi Xesus Peres bo‘ladi. U mashg‘ulotlar rejasi va taktik tayyorgarlikka javob beradi.
Migel D’Agostino mashg‘ulotlar jarayoni, video tahlil va raqiblarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Toni Ximenes esa darvozabonlar murabbiyi vazifasini bajaradi.
Pochettinoning o‘g‘li Sebastiano futbolchilarning jismoniy holati, yuklamalar va tiklanish jarayonini nazorat qiladi.
Shuningdek, Silviya Tuyya jismoniy tayyorgarlik va mashg‘ulotlarga mas’ul bo‘ladi. U futbolchilarni yuqori intensivlikdagi pressing uslubiga moslashtirish ustida ishlaydi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qilgandi.