«Manchester Yunayted» klubi 13-noyabr kuni Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi.
Argentinalik mutaxassis 18-noyabrdan boshlab yangi jamoasidagi vazifasiga kirishadi. U mankunianliklar bilan 2029-yilning yozigacha bitim imzolagan.
Jurnalist Ben Jacobsning xabar berishicha, Pochettinoning «qizil iblislar»ga tayinlanishi klubga 12 million dollarga tushgan. Shundan 10 million dollar mutaxassisning shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun, qolgan 2 million dollar esa uning murabbiylar shtabi shartnomalarini sotib olish uchun sarflangan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 10-turidan keyin turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Mankunianliklar 22-noyabr kuni safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi