Live
4
O'zbek

Portugaliya milliy jamoasi Ronaldu sharafiga maxsus qaror qabul qildi

Futbol
13 noyabr, 09:27
    31
Jamoaning barcha a'zolari Daniyaga qarshi bahs oldidan maydonga 7-raqamli liboslarda tushadi.
Portugaliya milliy jamoasi Ronaldu sharafiga maxsus qaror qabul qildi
Фото: Getty Images
14.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya - : - Daniya Daniya

Portugaliya milliy jamoasi xalqaro faoliyatini yakunlagan Krishtianu Ronaldoga hurmat ko‘rsatish maqsadida o‘ziga xos tashabbusni amalga oshirishga qaror qildi.

A Bola nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchilar Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘tkaziladigan uy uchrashuvida 7-raqamli liboslarda maydonga tushadi.

Bu orqali jamoa a’zolari yaqinda milliy jamoa bilan xayrlashgan afsonaviy hujumchiga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qaror Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedro Proensa, milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezus hamda sardorlar Bernardo Silva, Ruben Dias va Bruno Fernandesh ishtirokidagi yig‘ilishda qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davomida Daniya va Uelsga qarshi bahslarda ishtirok etadi. Daniyaga qarshi bahs esa 15-noyabr kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Daniya Daniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

31 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar