Bugun
135
O'zbek

Ferdinand Ronalduning faoliyatidagi eng muhim yutug‘ini aytdi

Futbol
7 noyabr, 03:00
    3
«MYU»ning sobiq himoyachisi portugaliyalik hujumchi professional futbolga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirganini aytdi.
Ferdinand Ronalduning faoliyatidagi eng muhim yutug‘ini aytdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi eng muhim yutuq haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, portugaliyalik futbolchining eng katta muvaffaqiyati faqat gollar, rekordlar yoki sovrinlar bilan bog‘liq emas.

«Uning eng muhim yutug‘i — professionallik haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirgani. Ronaldu ishga professional yondashuv, jismoniy tayyorgarlik, sportdagi uzoq faoliyat, salomatlikka e’tibor va eng kichik detallargacha ahamiyat berish borasida yangi standartlarni o‘rnatdi.

U faoliyatini uzaytirish va o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish etish imkoniyatini oshirish uchun bor kuchini ishga solishga tayyorligi bilan boshqalarga namuna bo‘ldi», — dedi Ferdinand o‘zining Rio Ferdinand Presents nomli YouTube kanalida.

Ma’lumot uchun, Ferdinand va Ronaldu 2003–2009-yillar davomida «Manchester Yunayted» safida birga o‘ynagan. Ular Angliya chempionati va Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu 5-noyabr kuni Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Hujumchi mamlakat bosh jamoasi safida 234 ta bahsda 146 ta gol va 45 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar