Bugun
135
O'zbek

Niko Pas «Real»ga qaytishdan bosh tortdi — Romano

Futbol
7 noyabr, 03:15
Argentinalik yarimhimoyachi Joze Mourinioga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, «Komo»da qolish istagini bildirgan.
Niko Pas «Real»ga qaytishdan bosh tortdi — Romano
Foto: Getty Images

Italiyaning «Komo» klubi argentinalik hujumkor yarimhimoyachisi Niko Pas o‘tgan transfer oynasida Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyoga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan. U «qirollik klubi»ga qaytishni istamasligini va asosiy tarkibda muntazam o‘ynashni afzal ko‘rishini tushuntirgan. Bu haqda Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Men «Real»ni butun qalbim bilan yaxshi ko‘raman va sizni cheksiz hurmat qilaman. Ammo «Real»da zaxira futbolchisi bo‘lishdan ko‘ra, kamida yana bir mavsum «Komo»da qolib, har bir bahsda maydonga tushish va to‘laqonli rivojlanishni afzal ko‘raman», — degan Pas.

22 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 13 ta bahsda ishtirok etib, gol va golli uzatma tizimi bo‘yicha 14 ochko jamg‘argan.

Ma’lumot uchun, Niko Pas «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024-yilda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan, keyinchalik esa «Komo»ga o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar