Bugun
135
O'zbek

Reshford: «Yamal 7 ta «Oltin to‘p» yutsa, bundan ajablanmayman»

Futbol
7 noyabr, 03:30
Angliyalik hujumchi 19 yoshli vingerning iqtidorini Lionel Messi darajasi bilan taqqosladi.
Reshford: «Yamal 7 ta «Oltin to‘p» yutsa, bundan ajablanmayman»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford o‘tgan mavsum ijara asosida to‘p tepgan «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Lamin Yamalning imkoniyatlariga yuqori baho berdi. U kataloniyalik futbolchini Lionel Messi bilan taqqosladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

«Barselona»ni tark etishimdan oldin Lamin Yamalga shaxsan aytdim: faoliyatim davomida juda ko‘plab iqtidorli futbolchilar bilan birga o‘ynaganman, ammo u ularning barchasidan ancha ustun.

Men hech qachon bunday yoshda tabiiy iqtidori shunchalik yuqori bo‘lgan futbolchini ko‘rmaganman. Shuncha yillar davomida kuzatgan futbolchilarim orasida u Lionel Messi darajasiga eng yaqin kelgan o‘yinchi. Bu yigitga cheksiz ishonaman. Agar vaqt o‘tishi bilan yettita «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsa, bundan mutlaqo ajablanmayman. U allaqachon ovoz berish natijalarida kuchli uchlikdan joy olgan. Buning ustiga, atigi 19 yoshida!» — dedi Reshford.

Ma’lumot uchun, Reshford 2024/25-yilgi mavsumda «Barselona» safida ijara asosida to‘p tepgan, keyinchalik «Manchester Yunayted»ga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal 2025-yilda «Oltin to‘p» uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra kuchli uchlikdan joy olgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar