Live
5
O'zbek

«Barsa» qishda himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi

Futbol
7 noyabr, 00:05
Klub uchun eng yaxshi variant — keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish.
«Barsa» qishda himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» qishki transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Kataloniyaliklar chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi izlashni boshlagan. Klub asosan himoyaning chap markazida harakat qila oladigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«Barselona» uchun eng yaxshi variant — keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish. Shuningdek, erkin agentlar ham ko‘rib chiqiladi.

Klubning moliyaviy imkoniyatlari cheklangani sabab qimmat transfer yoki yuqori maoshli futbolchini jalb qilish deyarli imkonsiz. To‘liq transfer uchun esa tarkibdagi futbolchilardan birini sotish talab etiladi.

Avvalroq «Barselona» yanvarda Alejandro Balde va Jyul Kunde kabi himoyachilar bilan xayrlashishi mumkinligi xabar qilingandi. Ularning sotuvidan tushgan mablag‘ yangi futbolchilarni xarid qilishga sarflanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar