Angliya Premer-ligasida 10-tur uchrashuvlari start oldi. Ushbu turning ilk bahsida «Everton» o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar dastlab hisobni ochdi. Ammo «irislar» o‘yin yakuniga qadar raqib darvozasiga uch bor yo‘l topib, g‘alabani ilib ketdi.
Bu natijadan so‘ng Devid Moyes jamoasi ochkolari sonini 16 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Koventri» esa 9 ochko jamg‘arib, 16-pog‘onada.
APL. 10-tur
Everton – Koventri 3:1
Gollar: Barri 56, 61, Dyusberi-Holl 81 – Gboo 52.
Everton – Pikford, Tarkovski, Brentuэйt (Kin, 89), Mikolenko, Ryol (Hakni, 73), Dibling (Jonson, 73), Armstrong, Garner, Dyusberi-Holl, Jorj (Alkaras, 90), Barri.
Koventri – Rashuort, van Eveyk, Mfuni, Pinnok, Dasilva, Torp (Chauna, 86), Sakamoto (Grimes, 86), Rudoni (Hamer, 86), Gboo, Yirenki, Avoniy (Sherif, 87).