Live
2
O'zbek

«Everton» Grealishni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani uchun jarimaga tortadi — manba

Futbol
31 oktabr, 03:25
Angliyalik futbolchi bir nechta mashg‘ulotda uzrli sababsiz qatnashmagani aytilmoqda.
«Everton» Grealishni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani uchun jarimaga tortadi — manba
Foto: BBC

«Everton» rahbariyati jamoa vingeri Jek Grealishni bir nechta mashg‘ulotni uzrli sababsiz o‘tkazib yuborgani uchun jarimaga tortadi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchining «Everton»dagi haftalik maoshi 200 ming yevroni tashkil qiladi. Ehtimoliy jarima miqdori esa hozircha ma’lum qilinmagan.

Avvalroq 31 yoshli futbolchi Angliya Liga kubogi doirasida «Nyukasl»ga qarshi (3:1) uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmagan edi. Qayd etilishicha, bunday qaror Grealishning intizomni buzganligi sababli qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda angliyalik futbolchi «Everton» safida ijara asosida harakat qilmoqda. U ushbu mavsumda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta ham gol yoki assist qayd etmagan.

Jamoa esa APL turnir jadvalida 10 ochko jamg‘argan holda 11-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar