«Everton» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilishni asosiy tarkibdan chetlatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida rasman xabar berdi.
Angliyalik futbolchi Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga (3:1) qarshi bahs uchun mersisaydliklarning qaydnomasiga kiritilmadi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli ingliz ichki intizom qoidalarini buzgani sababli asosiy tarkibdan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Grilish yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida «Manchester Siti»dan «Everton»ga ijara asosida o‘tgandi. Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni ham «irislar» safida ijarada o‘tkazgan.
Grilish «Everton» asosiy tarkibidan chetlatildi
Futbol
29 oktabr, 23:45
4
Klubning ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchi ichki intizom qoidalarini buzgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi