Bugun
33
O'zbek

«Liverpul» qishda Trentni qaytarmoqchi

Futbol
30 oktabr, 03:55
Transferga ikki omil to‘sqinlik qilishi mumkin.
«Liverpul» qishda Trentni qaytarmoqchi
Foto: Getty Images

Trent Aleksandr-Arnold «Liverpul»ga qaytishi mumkin.

SER Deportivos jurnalisti Pakoxo Delgadoning xabariga ko‘ra, Angliya klubi qishki transfer oynasida «Real» himoyachisini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va futbolchining vakillari bilan aloqaga ham chiqqan. Dastlabki bosqichda transfer ijara asosida amalga oshirilishi mumkin.

Transfer jarayoniga ikkita omil to‘sqinlik qilishi mumkin: futbolchining yuqori maoshi va uning «Real» yarim himoyachisi Jud Bellinghem bilan do‘stona munosabatlari.

Delgado, shuningdek, Trent jamoani tark etgan taqdirda, Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio «Tottenhem» safida to‘p tepayotgan Pedro Porroni transfer qilishni so‘rashi mumkinligini taxmin qildi.

Aleksandr-Arnold «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-yildan buyon klub tizimida bo‘lgan va 2025-yilda «Real» safiga o‘tgan.

La Liganing bu mavsumida 28 yoshli angliyalik 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar