«Manchester Yunayted» yanvar oyida yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar e’tiborini tortgan futbolchilardan biri — «Lids» hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin.
Angliyalik 29 yoshli futbolchi ancha vaqtdan beri «MYU» e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Klub skautlari qishki transfer oynasida uni jamoaga olib kelish imkoniyatini o‘rganishmoqda.
Shu bilan birga, «Lids» futbolchini sotish niyatida emasligi va u bilan shartnomani uzaytirmoqchiligi ta’kidlanmoqda. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Kelvert-Lyuin bu mavsumda APLda 8 ta bahsda 4 ta gol urdi, o‘tgan mavsumda esa Angliya chempionatining 35 ta o‘yinida 14 ta golga mualliflik qilgan.
«MYU» yanvar oyida «Lids» forvardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Futbol
29 oktabr, 16:48
Manchesterliklar qishda markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Foto: Getty Images