«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgach, ushbu yutug‘iga erishishda uni qo‘llab-quvvatlagani va hissa qo‘shgani uchun klubdoshlari hamda Angliya milliy jamoasidagi sheriklariga esdalik sovg‘alari taqdim etishni rejalashtirmoqda.
«Ayrim yigitlar soat yoki shunga o‘xshash narsalarni so‘rashdi. Shuning uchun ular uchun — ham «Bavariya» futbolchilariga, ham Angliya milliy jamoasi a’zolariga munosib sovg‘a topishim kerak. Bu haqda o‘ylab ko‘raman va har bir kishi yaxshi sovg‘a olishiga harakat qilaman», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bild nashri.
2025/2026-yilgi mavsumda Keyn «Bavariya» bilan Germaniya superkubogi va Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Bundesliga chempioni bo‘ldi. Angliya milliy jamoasi safida esa u 2026-yilgi Jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
2025-yil avgustidan 2026-yil iyuliga qadar bo‘lgan davrda Keyn «Bavariya» va Angliya safida 65 ta o‘yinda ishtirok etib, 73 ta gol urdi.
Keyn «Bavariya» va Angliya safidagi jamoadoshlariga sovg‘a beradi
Futbol
29 oktabr, 13:15
Hujumchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishida hissa qo‘shgan sheriklarini xursand qilmoqchi.
Foto: Getty Images