Futzal boʻyicha Oliy ligada 3-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ushbu turda darvozalarga jami 110 ta gol urildi. BMB har uchala bahsda gʻalaba qozonib, peshqadamligini yanada mustahkamladi. «Xorazm» ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat qayd etdi. «Maksam-Chirchiq» birorta ham magʻlubiyatga uchramadi.
«Zarafshon» esa uzoq kutilgan gʻalabasiga erishdi. Samarqand jamoasi 3-turda atigi 1 ochkoga ega boʻldi.
Ortga qolgan 3-turdan keyin BMB yaqqol peshqadam. «Xorazm» 18 ochko bilan 2-oʻrinda bormoqda. 18 ochkosi bor SQB kuchli uchlikdan joy olgan. Abdulla Boʻriyev murabbiyligidagi «Zarafshon» 4 ochko bilan soʻnggi oʻrinni egallagan.
Maʼlumot uchun, Oliy liganing 4-tur uchrashuvlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Turnir jadvali bilan tanishing: