Live
1
O'zbek

Ronaldu faoliyati davomida nechta gol urgan? Maxsus komissiya tekshiruv o‘tkazdi

Futbol
29 oktabr, 10:30
Saudiya Pro-ligasi komissiyasi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozilgan golni tekshirib, uning muallifligini tasdiqladi.
Ronaldu faoliyati davomida nechta gol urgan? Maxsus komissiya tekshiruv o‘tkazdi
Foto: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Al Faysali»ga qarshi bahsda urilgan ikkinchi gol muallifligi yuzasidan yuzaga kelgan bahsga oydinlik kiritildi. Saudiya Arabistoni chempionati ushbu golni dastlab portugaliyalik futbolchi hisobiga yozgan, biroq FIFA uni avtogol sifatida qayd etgan edi.

Jurnalist Abdulaziz al-Murayselning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Pro-liganing qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi komissiyasi vaziyatni tekshirgan. Yakunda gol avtogol emas, aynan Ronaldu tomonidan urilgani aniqlangan.

«Krishtianu Ronaldu gol muallifi ekanini tasdiqlash uchun barcha rasmiy choralar ko‘rildi», — deb yozdi jurnalist.

Al Murayselning ma’lumotiga ko‘ra, gol Ronaldu hisobiga yozilgani haqidagi xabar futbolchining o‘ziga ham yetkazilgan. Shu tariqa, portugaliyalik hujumchining faoliyati davomidagi gollari soni 982 taga yetgan.

Ma’lumot uchun, gol muallifligi borasidagi kelishmovchilik Saudiya Arabistoni chempionati va FIFA qaydlaridagi farq sabab yuzaga kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar