Live
1
O'zbek

«Yuventus» Desham, Pioli va Konte nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
29 oktabr, 10:15
Spalletti «Napoli»ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqarilishi mumkin.
«Yuventus» Desham, Pioli va Konte nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images
28.10.2026 FT Italiya A seriyasi Jenoa Jenoa 2 : 0 Yuventus Yuventus

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spallettining kelajagi so‘roq ostida. Foot Mercato nashri La Stampa va boshqa OAVlarga tayanib xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati fransiyalik mutaxassis Dide Deshamni Spallettiga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.

«Yuventus» A Seriyaning so‘nggi turida «Jenoa»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijadan keyin Spallettining yaqin kunlarda lavozimini tark etish ehtimoli oshgan. Turinliklar to‘qqiz turdan so‘ng 14 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Deshamdan tashqari, nomzodlar ro‘yxatidan Stefano Pioli va Antonio Konte ham joy olgan. La Repubblica nashri ham «Yuventus»ning fransiyalik mutaxassisga qiziqishini tasdiqlagan. Shu bilan birga, Kontening Turin klubiga kelishga unchalik qiziqmayotgani, «Manchester Yunayted»dan taklif kutishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dide Desham futbolchilik faoliyati davomida «Yuventus» sharafini himoya qilgan. U Turin klubi bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va uch marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» dam olish kunlari «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi. OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu bahs natijasi Spallettining kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jenoa Jenoa
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar