Live
3
O'zbek

«Derbining o‘ziga xos tarixi bor, biz unga tayyor bo‘lamiz» — Kivu Milan derbisi haqida

Futbol
29 oktabr, 06:50
«Inter» bosh murabbiyi tiklanish va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni saqlash muhimligini ta’kidladi.
«Derbining o‘ziga xos tarixi bor, biz unga tayyor bo‘lamiz» — Kivu Milan derbisi haqida
Foto: Getty Images
31.10.2026, 15:45 Italiya A seriyasi Milan Milan - : - Inter Inter

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi derbi oldidan jamoaning holati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilarda kuchni tiklash, ayniqsa, ruhiy jihatdan o‘ziga kelish uchun bir necha kun vaqt bor.

«Derbiga 25 ochko bilan yaqinlashmoqdamiz. Hozirgi holatimizni yaxshi tushunamiz va bor kuchimizni ishga solishimiz kerakligini bilamiz. Kuchlarni tiklash, eng avvalo, ruhiy jihatdan o‘zimizga kelish uchun bir necha kunimiz bor. Bu tanaffusda almashtirishga majbur bo‘lgan futbolchilarga ham tegishli. Derbining o‘ziga xos tarixi bor, biz unga tayyor bo‘lamiz», — dedi Kivu «Inter» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Mutaxassis himoyachi Karlos Avgusto bilan bog‘liq vaziyatga ham izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi o‘zini yaxshi his qilmagan bo‘lsa-da, qarshi hujumlardan himoyalanish maqsadida uch markaziy himoyachili sxemada maydonga tushirilgan. Kivu braziliyalik futbolchining jamoaga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi.

«U bizga energiya, kuch va tezlik olib kelmoqda, bundan tashqari, gollar ham urmoqda. Uning hissasidan juda mamnunmiz», — dedi murabbiy.

Kivu mavsumni muvaffaqiyatli boshlaganidan keyin ham diqqatni yo‘qotmaslik va g‘alabalarga bo‘lgan ishtiyoqni saqlash muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, jamoa texnik, taktik va ruhiy jihatdan hali ko‘p ishlashi kerak. O‘tgan mavsumda erishilgan natijalar esa yangi maqsadlar sari intilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega emas.

Ma’lumot uchun, «Inter» Italiya chempionatining 9-turida «Venesia»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan. «Milan» esa o‘z maydonida «Bolonya»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» va «Inter» o‘rtasidagi derbi 31-oktyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar