Live
3
O'zbek

Kurtua «Real» tarkibiga qaytmoqda

Futbol
29 oktabr, 06:40
Belgiyalik darvozabon gripp sabab o‘tkazib yuborilgan «El Kasiko»dan keyin maydonga qaytishi mumkin.
Kurtua «Real» tarkibiga qaytmoqda
Foto: Getty Images
01.11.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Racing Santander Racing Santander - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining navbatdagi turida jamoa safida maydonga tushishi mumkin. AS nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli belgiyalik futbolchi «Barselona»ga qarshi o‘tgan bahsni gripp sabab o‘tkazib yuborganidan keyin safga qaytmoqda.

Manbaga ko‘ra, Kurtua La Liganing 11-turi doirasida «Rasing»ga qarshi bahsda maydonga tushishi ehtimoli bor. Darvozabonning qaytishi madridliklar uchun muhim hisoblanadi.

Kurtua «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»da ishtirok eta olmagan edi. O‘sha bahsda «Real» darvozasini ukrainalik Andrey Lunin qo‘riqladi. Madridliklar safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, «Real» va «Rasing» o‘rtasidagi bahs 1-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Racing Santander Racing Santander
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar