Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua yaqin orada safga qaytishga umid qilmoqda.
Belgiyalik yaqinda La Liganing «Barselona»ga qarshi o‘yinini gripp tufayli o‘tkazib yubordi. «Qaymoqranglilar»ning asosiy darvozaboni yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Rasing» bilan bo‘lajak o‘yinda maydonga tusha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
«Hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Formaga kirish uchun biroz mashq qilaman. Yakshanbagacha hali vaqt bor», – Kurtua so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Madrid grandining «Rasing» bilan safar uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:15da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua madridliklar safida yangi mavsumda 12 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol o‘tkazib yubordi. 10-turdan keyin 24 ochko jamg‘argan «Real» uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi