Live
1
O'zbek

Ro'ziqul Berdiyev: «Mag'lubiyatni charchoq yoki omadsizlikka yo'ymoqchi emasman»

Eksklyuziv
29 oktabr, 02:24
    33
Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ro'ziqul Berdiyev: «Mag'lubiyatni charchoq yoki omadsizlikka yo'ymoqchi emasman»
Фото: Насаф ПФК
28.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 0 : 1 Kuwait SC Kuwait SC

OChL 2 musobaqasida «Nasaf» Qarshida Quvaytning «Quvayt SK» klubini qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan keyin mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'ylashimcha, bu omadsiz yoki charchoq emas. Hujumda vaziyatlardan foydalanishda bizga sovuqqonlik va mahorat yetishmadi. Shuning evaziga mag'lubiyatga uchradik, deb o'ylayman. Chunki raqib jamoa ikki-uch marta qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Biz o'sha vaziyatlarda sust o'ynadik. Bitta gol bo'ldi va yana birida Abduvohib qaytardi. Bizni vaziyatlarimizni ko'p ham aytib o'tishga hojat yo'q. Bunday imkoniyatlardan foydalanishda, ko'p vaziyat yaratib gol ura olmasang, bu mahoratni, darajani yetmaganidan deb o'ylayman.

- O'yindan keyin ayrim futbolchilarni ikkinchi taymda, ba'zilarini birinchi taymda tushirsam bo'lardi, degan fikr o'tmadimi?

- Albatta, fikr bo'ladi. Mag'lubiyatga uchraganingda tarkib topishda yoki o'yinchilarni joyga qo'yishda o'ylanasan, kishi! Nima sabab bo'lganini chuqurroq o'rganishga harakat qilasan, kishi. O'ylaymanki, bunaqa uchrashuvda tarkibda tajribaliroq futbolchilar maydonga tushishini uqtirgandik. Bunday o'yinlarda aynan tajriba va sovuqqonlik bo'lish talab etilardi. Yosh o'yinchisini tushirsak ba'zida tajribasi yetishmasligi yoki o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin.

Menimcha, gap tarkibda yoki sxemamizda emas. Bunday imkoniyat yaratib, buni golga aylantira olmaslik, darvozabon bilan birga-bir chiqib, 3 metrdan gol ura olmaslik – sovuqqonlik yetishmasligi, vaziyatni his qilish, hujumchilarga xos xususiyatlar yetishmadi. Lekin yigitlar xohlashdi. Lekin men mag'lubiyatni charchoq yoki omadsizlikka yo'ymoqchi emasman. Hujumdagi daraja bizga pand berdi», - deya Ro'ziqul Sa'dullayevichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Kuwait SC Kuwait SC
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

33 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar