Italiyaning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriya 9-turi doirasida «Venetsiya» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:0) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. «Inter» raqibning ikkita avtogoli evaziga uyiga g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.
«Bizga energiya yetishmasdi, juda sekin harakat qilardik va raqib chuqur himoyalanishiga qarshi o‘ynashga tayyor emasdik. Biz ularning himoya chizig‘iga yetarlicha faol hujum qilmadik, lekin har uch kunda o‘ynaganingda shunday bo‘ladi. Birinchi bo‘lim menga 2010-yilda Kataniyada 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatni eslatib yubordi. Bugun biroz omadimiz kelgani uchun g‘alaba qozondik. Biz muvaffaqiyatga ishonishda davom etdik va bor kuchimizni sarfladik, ammo omad biz tomonda edi.
Shunday o‘yinlar bo‘ladiki, ba’zida ishonchning o‘zi yetishmaydi va minimal kuch sarflab natijaga erishish mumkindek tuyuladi. Biroq, raqibga tan berish kerak — ular maydonda bo‘sh zonalarni cheklab qo‘yishdi, shu sababli biz zarur pallalarda kerakli yo‘nalishlarda harakat qilishimiz qiyin bo‘ldi. Bugun Provedel bizni qutqarib qoldi, tajribamiz, kuchimiz va qat’iyatimiz esa ishni g‘alabagacha yetkazishga yordam berdi», — deya Kivu so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Inter» rasmiy sayti.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi