«Bolonya» kutilmaganda A Seriyaning 9-turida «Milan»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bellashuvda mehmonlar hujumchisi Samuel Mbangula xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan so‘ng u o‘tgan oqshomni «hayotidagi eng yaxshilaridan biri deb atadi.
«Bu hayotimdagi eng yaxshi oqshomlardan biri. Faoliyatimdagi birinchi xet-trik — umid qilamanki, oxirgisi emas. Biz ajoyib g‘alabaga erishdik. Palladino-chi? Bu yerda murabbiyga juda ishonishadi, barcha yigitlar — yuqori saviyadagi futbol ko‘rsata oladigan kuchli o‘yinchilar. Biz bir butunmiz — bugungi muvaffaqiyat jamoaviy g‘alaba bo‘ldi», - deya Mbangula so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, «Bolonya» Italiya chempionatining A Seriya turnir jadvalida o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Milan» esa 5-pog‘onani band etgan.