Live
2
O'zbek

Amorim «Milan»ning mag‘lubiyati haqida: «O‘zimni oqlamoqchi emasman»

Futbol
28 oktabr, 17:13
Milanliklar o‘z maydonida «Bolonya»ga mag‘lub bo‘ldi.
Amorim «Milan»ning mag‘lubiyati haqida: «O‘zimni oqlamoqchi emasman»
Фото: Getty Images
28.10.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 2 : 4 Bolonya Bolonya

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya chempionatining 9-turi doirasida «Bolonya»ga qarshi 2:4 hisobida qayd etilgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘zimni oqlashni istamayman. Har bir omadsiz natijadan keyin bu yerga kelib, nimalar bo‘lganini tushuntirishim kerakdek tuyuladi. Sizlar studiyada istagan gapingizni aytishingiz mumkin. Ammo haqiqat o‘zgarmaydi: biz o‘z maydonimizda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Buning qanday sharoitda sodir bo‘lgani muhim emas. Biz — «Milan»miz va bunday natijalarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Endi keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz», — deya Amorimning so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Ma’lumot uchun, 31 oktabr kuni «Milan»ni «Inter»ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda. «Neradzurri» 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Milan» esa 18 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Bolonya Bolonya
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar