Sobiq hujumchi Antonio Kassano yaqinda yakuniga yetgan A Seriya 8-turining turli jihatlarini tahlil qildi. «Milan» haqida gapirar ekan, sobiq pleymeyker bir necha hafta oldin bildirgan fikrini o‘zgartirib, Gonsalu Ramushning kelajagi haqida shubha bildirdi.
«Ayni paytda «Milan»ning yagona muammosi markaziy hujumchi pozitsiyasidir. U menga yoqadi — yigit ko‘p ishlaydi, lekin oxir-oqibat gol urishi kerak-ku. Ramushga aqlli uzatma bera oladigan sheriklari yo‘q: Pulishich va Xatchinsonda uni zarbaga olib chiqish uchun mahorat yetishmaydi — ular driblingga juda berilib ketishgan. Shunga qaramay, Amorim «Milan»ni kuchli to‘rtlikdan joy egallashini ta’minlay olishiga ishonchim komil», - deya Kassanoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Ramush avvalroq Parijning «PSJ» jamoasi sharafini himoya qilgan.