Live
9
O'zbek

Shevchenko Amorim ishiga ijobiy baho berdi

Futbol
28 oktabr, 13:45
«Milan» klubining sobiq yulduzi portugaliyalik mutaxassisning ishi haqida fikrlarini bildirdi.
Shevchenko Amorim ishiga ijobiy baho berdi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Milan» klubi sobiq forvardi Andrey Shevchenko o‘tgan yoz jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimning ishiga baho berdi.

«Xulosa chiqarishga hali juda erta. U o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga harakat qiladi, uning o‘z o‘yin uslubi bor, buning ustiga u tajribaga ega. «Milan» mavsumni yomon boshlamadi, garchi natijalar har doim ham hamma xohlagandek bo‘lmasa-da», - deya Shevchenko so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 2006-yilda klubni tark etgandi. Milanliklar safida Andrey UYEFA Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va 2004-yil «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqandi.

Bugungi yangiliklar