Live
9
O'zbek

Karvaxal o‘zining eng yaxshi jamoadoshi va qiyin raqibini aytdi

Futbol
28 oktabr, 13:48
Dani yaqinda «Xetafe» futbolchisiga aylandi.
Karvaxal o‘zining eng yaxshi jamoadoshi va qiyin raqibini aytdi
Фото: Getty Images

«Real»ning sobiq himoyachisi Dani Karvaxal futbol maydonida birga o‘ynagan va raqib sifatida to‘qnash kelgan eng yaxshi futbolchilar haqidagi savollarga javob berdi.

«Men bilan bir jamoada o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Krishtianu Ronaldu. Menga raqib bo‘lgan eng yaxshi futbolchi esa Neymar», — deya Karvaxalning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Shuningdek, 34 yoshli futbolchi sobiq jamoadoshi Ronaldu haqida fikr bildirib, u faoliyati davomida 1000 ta gol urish marrasiga yeta olishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Dani yaqinda «Xetafe» futbolchisiga aylandi. U bunga qadar faoliyatining deyarli barcha qismini «Real»da o‘tkazgan.

Ayni paytda «Xetafe» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar