Live
5
O'zbek

Ronaldu — tarixdagi eng yaxshi «Oltin to‘p» sohibi

Futbol
28 oktabr, 14:21
    56
Ronaldu Messi va Torresni ortda qoldirdi.
Ronaldu — tarixdagi eng yaxshi «Oltin to‘p» sohibi
Фото: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi «Oltin to‘p» sohibi» reytingida g‘olib deb topildi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida xabar berildi.

Reytingda portugaliyalik 41 yoshli futbolchining 2008-yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» mukofoti birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natija orqali Ronaldu «Barselona» vakili Lionel Messi hamda «Liverpul» sobiq hujumchisi Fernando Torresni ortda qoldirdi.

Mazkur nominatsiyada «Oltin to‘p»ni bir necha bor qo‘lga kiritgan futbolchilar ishtirok etdi. Ular orasida quyidagilar bor:

  • Lionel Messi — 8 marta;
  • Krishtianu Ronaldu — 5 marta;
  • Yohan Kroyff — 3 marta;
  • Mishel Platini — 3 marta;
  • Marko van Basten — 3 marta;
  • Alfredo Di Stefano — 2 marta;
  • Frants Bekkenbauer — 2 marta;
  • Kevin Kigan — 2 marta;
  • Karl Haynts Rummenigge — 2 marta;
  • Ronaldo — 2 marta.

Avvalroq tashkilotchilar g‘olibni aniqlashda asosiy mezon futbolchining faoliyati davomida jami nechta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani emas, balki nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan muayyan mavsumda qanday favqulodda natijalar ko‘rsatgani ekanini ta’kidlashgan.

G‘olib global onlayn ovoz berish jarayonida muxlislar tomonidan aniqlandi. Ovoz berish pullik bo‘lib, bitta ovozning narxi 1 yevroni tashkil etgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

56 izoh +7 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar