FIFA 2026-yilgi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar sotishdan taxminan 4,49 milliard yevro daromad oldi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Qatarda o‘tkazilgan 2022-yilgi jahon chempionatida chiptalar savdosidan tushgan daromaddan besh baravardan ko‘proqdir.
Chiptalar savdosidan tushgan mablag‘ FIFA’ning 2,96 milliard yevrolik dastlabki prognozidan ham ancha yuqori bo‘ldi. Natijada tashkilotning jahon chempionatidan olgan umumiy daromadi 13,47 milliard yevroga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionatida o‘yinlar soni 64 tadan 104 taga oshirildi. Daromadning keskin o‘sishiga, asosan, chiptalar narxini talabga qarab o‘zgartirish siyosati va tashkilotning rasmiy platformasida qayta sotilgan chiptalar uchun undirilgan 30 foizlik komissiya ham ta’sir ko‘rsatgan.