«Chelsi»ning sobiq yarimhimoyachisi Jon Obi Mikelning fikricha, «Manchester Yunayted» Unai Emerini bosh murabbiy etib tayinlashi kerak. U bu lavozimga nomzod sifatida tilga olinayotgan Eddi Hau va Yulian Nagelsmandan ispaniyalikni afzal ko‘radi.
«Na birinchisi, na boshqasi. Men Unai Emerini tanlagan bo‘lardim. Men u «Aston Villa»ni tark etadi deb o‘ylamayman, lekin agar siz unga to‘liq kart-blansh bersangiz... Agar siz unga cheksiz byudjet bersangiz va: «Eshit, Unai, biz endi bu yo‘ldan borishni xohlamaymiz. Biz charchadik, muxlislar klubda bo‘layotgan ishlardan charchagan. Biz hammasini boshidan boshlamoqchimiz va sen bizga kerak bo‘lgan odam ekanligingga ishonamiz», - dedi sobiq futbolchi o‘zining podkastida.
Ma’lumot uchun, garchi «Manchester Yunayted» navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, chempionatda 16-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa-da, Maykl Kerrik hamon bosh murabbiylik lavozimini saqlab turibdi.