«Atletiko» qishki transfer oynasida katta transferni amalga oshirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «matraschilar» «Manchester Yunayted» sardori Bruno Fernandesni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq ham madridliklar portugaliyalik yarim himoyachiga qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
O‘tgan hafta Bruno Fernandes «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrikni «Komo»ga qarshi o‘yinda (1:4) hisobida qayd etilgan mag‘lubiyatdan so‘ng ochiq tanqid qildi. Natijada murabbiy portugaliyalik futbolchini «Bornmut»ga qarshi bahsda zaxirada qoldirishga qaror qilgandi.
Qayd etilishicha, murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi kelishmovchilik barham topgan. Fernandes «Chelsi»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.