Live
9
O'zbek

«PSJ» Mazaga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Futbol
28 oktabr, 13:28
«Bayer» rahbariyati futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.
«PSJ» Mazaga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«PSJ» klubi qishki transfer oynasi oldidan «Bayer» hujumkor yarim himoyachisi Ibrohim Mazaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining vakillari Parij klubining unga bo‘lgan qiziqishi haqida allaqachon xabardor qilingan. «PSJ» rahbariyati Mazani o‘zining transfer short-listiga kiritgan. Parijliklar uni og‘ir jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Xvicha Kvaratsxeliyaning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ham ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, «Bayer» rahbariyati xotirjamlikni saqlamoqda va futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. Leverkuzen klubi Mazaning shartnomasini 2030-yildan keyingi muddatgacha uzaytirishni hamda uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Chunki jamoa rahbariyati Mazani klubning kelajagi uchun muhim futbolchilardan biri deb hisoblaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar