Fransiya milliy jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Rayan Sherki Yevropaning ikki top-klubi qiziqishiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
Madrid «Real» va «PSJ» klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. O‘z navbatida «Manchester Siti» Sherki bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. «Shaharliklar» Rayanni klubning sport loyihasining muhim figurasi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli yarimhimoyachi ingliz klubi safida-2025-yil yozidan buyon to‘p tepib keladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi-2030-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Mashhur Transfermarkt portali Sherkining aktual transfer narxini 110 million yevroga baholamoqda.