O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov «Rizespor»ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati xabar berdi.
27 yoshli futbolchi yanvar oyida xochsimon paylaridan jarohat olgan va shundan so‘ng operatsiya qilingandi. U jarohati bois 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.
Aliqulov «Nasaf» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U Turkiya klubiga 2023 yili 400 ming yevro evaziga qarshiliklar safidan o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, «Rizespor» Turkiya Superligasining ushbu mavsumida 9 ta turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.
Husniddin Aliqulov «Rizespor»ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Futbol
28 oktabr, 05:15
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi maydonga qaytishga yaqin.
Foto: Caykur Rizespor
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi