«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos Madrid klubining «Barselona»ga qarshi bahsdagi o‘yinini yuqori baholadi. Uning fikricha, «Real» futbolchilari «Kamp Nou»da jasorat bilan harakat qilgan va so‘nggi paytlardagi «El Klasiko»lardan farqli o‘yin namoyish etgan.
«Joze Mourinio va «Real» «Kamp Nou»da aql bovar qilmas jasorat ko‘rsatdi. Ushbu «El Klasiko» so‘nggi paytlarda bo‘lib o‘tgan bahslardan ancha farq qildi. «Real» hujumchilari himoyada yaxshi ishlashdi va to‘g‘ri harakat qilishdi. Ayniqsa, «Barselona» gol urganidan keyin jamoaning reaksiyasi muhim bo‘ldi. Ularga durang natija yetarli emasdi», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida 25-oktyabr kuni o‘tkazilgan bahsda «Real» safarda «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, hozirda «Real» 24 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda. 27 ochko jamg‘argan «Barselona» esa chempionat peshqadamligini saqlab turibdi.