Bugun
98
O'zbek

«Chelsi» «Man Siti» yarimhimoyachisini qaytarishni ko‘rib chiqmoqda

Futbol
28 oktabr, 04:20
London klubi markaziy yarimhimoya chizig‘idagi muammolarni hal qilish uchun Mateo Kovachich nomzodini o‘rganmoqda.
«Chelsi» «Man Siti» yarimhimoyachisini qaytarishni ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Mateo Kovachichni qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Insayder Vlad Polivoda ma’lumotiga ko‘ra, London klubi xorvatiyalik futbolchini ehtimoliy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» futbolchilarning jamoani tark etishi va jarohatlar sabab markaziy yarimhimoyada muammolar yuzaga kelishidan xavotirda. Shu bois klub rahbariyati tarkibni kuchaytirishning turli variantlarini o‘rganmoqda.

32 yoshli Kovachich avval ham «Chelsi» safida to‘p tepgan. Hozirda «Manchester Siti» sharafini himoya qilayotgan yarimhimoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda oltita bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali xorvatiyalik futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar