«Arsenal» Angliya Liga kubogida o‘ziga xos antirekord qayd etdi. London klubi nimchorakfinal bosqichida to‘rtinchi divizion vakili «Flitvud Taun»ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, «Arsenal» Angliya Premyer-ligasining amaldagi chempioni sifatida Liga kubogidan to‘rtinchi divizion jamoasiga mag‘lub bo‘lib chiqib ketgan ilk klubga aylandi.
Ma’lumot uchun, londonliklar avval ham ushbu turnirda to‘rtinchi divizion vakiliga imkoniyatni boy bergan. 2012/13 yilgi mavsumda «Arsenal»ni «Bredford» musobaqadan chiqarib yuborgan edi. O‘shanda ham g‘olib penaltilar seriyasida aniqlangan.