Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Myunxenning «Bavariya» klubi hamda Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keynning «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi. Pirs yosh Keynning «to‘pchilar» libosida tushgan surati ostiga shunday izoh qoldirdi:
«Keyn «Oltin to‘p» sohibiga aylandi. Bu munosib g‘olib. Muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgan ajoyib hujumchi. «Arsenal»dagi yigitning dunyodagi eng zo‘ri bo‘lgani ajoyib», - deb yozdi jurnalist o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rin Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappega, uchinchi o‘rin esa Kataloniyaning «Barselona» jamoasi vingeri Lamin Yamalga nasib qildi. Undan keyingi pog‘onalarni mos ravishda Rodri Ernandes hamda Lionel Messi egalladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi