Live
1
O'zbek

«Liverpul» va «Arsenal» sobiq futbolchisi it hujumiga uchradi

Futbol
26 oktabr, 05:55
    2
Jermeyn Penant o‘z itini himoya qilishga uringanida hodisa qurboniga aylangan.
«Liverpul» va «Arsenal» sobiq futbolchisi it hujumiga uchradi
Foto: Footballitarin

«Liverpul» va «Arsenal» sobiq futbolchisi Jermeyn Penant Londonda sayr qilib yurganida it hujumiga uchrab, jarohat oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jermeyn o‘z itini himoya qilishga uringanida hodisa qurboniga aylangan. Tajovuzkor nemis ovcharkasi Penantning King laqabli amerikalik akita zotidagi itiga hujum qilgan.

Uy hayvonini himoya qilish uchun aralashgan sobiq futbolchini it yiqitib, oyog‘idan tishlagan. Voqea davomida Penantning iti ham unga yordam berib, hujum qilgan hayvonga qarshilik qilgan.

Futbolchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar uning chuqur yaralarini davolab, 50 dan ortiq chok qo‘yishgan. Hozirda Penantning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. U hozircha politsiyaga murojaat qilishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Jermeyn Penant faoliyati davomida «Liverpul», «Arsenal», «Birminghem Siti», «Uotford», «Lids», «Portsmut», «Stok Siti» va boshqa klublarda to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar