«Manchester Yunayted» bosh murabbiy Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Jamoa so‘nggi sakkizta o‘yinda g‘alaba qozonmadi: besh mag‘lubiyat va uch durang. «Bornmut»ga 0:3 hisobida yutqazgan «qizil iblislar» APL turnir jadvalida 16-o‘ringa tushdi.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati bugun, 26-oktabr kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi va unda Kerrikning kelajagini muhokama qiladi.
Jamoada angliyalik mutaxassis o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Asosiy da’vogarlar Eddi Hau va Yulian Nagelsmann hisoblanadi.
Unai Emeri («Aston Villa») va Fabian Hyurtseler («Brayton») ham ro‘yxatda bor, ammo ularni taklif etish qimmatga tushishi va murakkab bo‘lishi mumkin. Matbuotda Antonio Konte va Kiran Makkenna nomlari ham tilga olinmoqda.
Qayd etish lozim, «Manchester Yunayted» 2026-yilda uchinchi bosh murabbiyini tayinlashi mumkin. Rahbariyat qarordan oldin barcha variantlarni puxta o‘rganib chiqmoqchi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi