«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL 8-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga (0:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Murabbiy iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi savollarga ham javob berdi.
«Vaziyatni to‘liq tushunaman. Rostini aytsam, hech qanday alohida narsani kutmayapman. Oddiy tarzda ishlashda davom etyapman va bu klubni yaxshi ko‘raman.
Qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, men har doim futbol klubi uchun eng yaxshi deb hisoblagan ishimni qilaman. Umuman olganda, hammasi oddiy. Ochig‘i, bu natijadan so‘ng hech narsani kutmayapman», — deya Kerrikning so‘zlaridan keltiradi The Touchline.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.