Kilian Mbappe «Real» safidagi yubiley golini urdi.
Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 10-turidan oʻrin olgan “Barselona”ga (2:1) qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. Bu Kilianning Madrid klubi safidagi 99 va 100-gollari boʻldi.
Mbappe «qaymoqranglilar» tarkibidagi 116-o‘yinida ushbu marraga yetdi. «Real» tarixida faqat 4 futbolchi 100 ta gol chegarasini Mbappedan tezroq zabt etgan. Bular:
🔘 Ferens Pushkash — 101 ta o‘yinda;
🔘 Krishtianu Ronaldu — 105 ta o‘yinda;
🔘 Painio — 114 ta o‘yinda;
🔘 Alfredo Di Stefano — 114 ta o‘yinda.
Mbappe «Real»dagi yubiley 100-golini urdi
Futbol
25 oktabr, 23:20
58
Unga 116 ta bahs yetarli bo‘ldi. Madrid klubi tarixida faqat 4 futbolchi Kiliandan kamroq o‘yin sarflagan.
Foto: Getty Images
25.10.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
1
:
2
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi