Bugun
24
O'zbek

«Bavariya»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 ta o‘yinga yetdi

Futbol
26 oktabr, 01:08
Kompani boshchiligidagi jamoa barcha musobaqalarda 8 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etgan.
«Bavariya»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 ta o‘yinga yetdi
Фото: Getty Images
25.10.2026 FT Bundesliga Germaniya Frayburg Frayburg 1 : 3 Bavariya Bavariya

«Bavariya» bu mavsumda hali biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Myunxenliklar Bundesliganing 7-turida «Frayburg»ni 3:1 hisobida yengib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 12 ta o‘yinga yetkazdi. O‘yinda Upamekano, Olise va Gnabri gollarga mualliflik qildi. Shuningdek, Bishof o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa barcha musobaqalarda 8 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etgan.

E’tiborlisi, belgiyalik murabbiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab «Frayburg»ga qarshi o‘yinda stadionda bo‘lmadi. Bu g‘alabadan so‘ng jamoa Bundesliga turnir jadvalida yana peshqadamga aylandi.

Ma’lumot uchun, Kompani boshqaruvidagi navbatdagi uchrashuvini 28-oktabr kuni Germaniya kubogi doirasida «Magdeburg»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frayburg Frayburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar